Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga sanitariya maqsadlarida, shuningdek, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruktsiya qilish bilan bog‘liq holatlarda yo‘l qo‘yiladi, bundan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari mustasno.

Daraxtlar va butalarni kesish to‘lov asosida amalga oshiriladi, bundan sanitariya maqsadida kesish hollari mustasno.
- Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma PASPORTI
- Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma.
Yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan yirik o‘lchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) ko‘chatni ekish hamda ularni kamida 2 yil davomida parvarish qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat yuklatiladi.
Bunda daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yig‘imni to‘laganlik yuridik va jismoniy shaxslarni kompensatsiyaviy ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
- Daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish ishlari Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida er uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilari tomonidan amalga oshiriladi.
- Kompensatsiyaviy ekish ishlari Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari vakillari, er uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilari ishtirokida amalga oshiriladi.
Daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki ko‘chirib o‘tkazganlik uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi.
- Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish SXEMASI.
- Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish SXEMASI.
- Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish bilan ularga etkazilgan zararni undirish MIQDORLARI.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.08.2022-yildagi 464-son
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.02.2022-yildagi 86-son
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.12.2021-yildagi PF-46-son