Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun ariza yuborish

12 oy davomida avtotransport vositasini boshqargan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda, haydovchilik guvohnomasini imtihonlarsiz tiklash imkoniga ega:
- avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
- ishonchnoma yoki ijara shartnomasi (mavjud bo‘lsa)
- transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta polisi.
- haydovchilik bilan shug‘ullansa - ishxonadan ma’lumotnoma.
12 oy davomida avtotransport vositasini boshqarmagan shaxs, quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda, nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tishi lozim:
- 083 tibbiy ma’lumotnoma;
- haydovchilarni tayyorlash o‘quv maktabini bitirganlik to‘g‘risidagi hujjat.
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 kun mobaynida
Xizmat narxi: 0.09 BHM