Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari
- Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning respublika miqyosida noturar bino va inshooti hamda turar joylarni buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi haqida ma’lumotnoma berish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
- Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
- Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
- Ko‘chmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish sxemasi