Ixtiyoriy tugatish tartibi

BOSQIChLAR:
I. Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
II. Tugatuvchi tayinlanadi.
- Uch ish kuni mobaynida – tijorat tashkiloti faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek, tijorat tashkilotining muhri, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa) va boshqa mol-mulkini ro‘yxat bo‘yicha topshiradi.
V. Byuroning tuman (shahar) bo‘limi o‘n kundan kechiktirmay ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini aniqlaydi. Tegishli ijro hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi ijro ishini tugallaydi va ijro hujjatini tugatuvchiga yuboradi.
- Davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati o‘ttiz kalendarь kundan oshmasligi kerak.
VII. Tugatish balansi ta’sischilar tomonidan imzolanganidan so‘ng, davlat soliq xizmati va Byuroga yuboriladi.
VIII. Tugatuvchi tijorat tashkilotining asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankka uni yopish to‘g‘risida murojaat qiladi.
IX. Tugatuvchi asosiy hisobvaraqi yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida davlat arxiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.
XI. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qarorni qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida qarorni tugatuvchiga beradi.