Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
Tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga egalik qiladigan, qonunchilikka muvofiq yo‘lovchilarni hamda ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va buning uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
Tashuvchi yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar etkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish boshlanguniga qadar sug‘urtalashi shart.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun tashuvchining yozma shakldagi arizasi asos bo‘ladi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi 1 yil muddatga tuziladi. Yo‘lovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi 3 oydan 1 yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilishi mumkin.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli bitta yo‘lovchiga 44 mln. so‘m miqdorda belgilanadi, ulardan:
- 40 mln. so‘mi — yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun;
- 4 mln. so‘mi — yo‘lovchining mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun.
Tashuvchining huquq va majburiyatlari
Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari