Sudьyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish

Sudьyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi — «O‘zagrosug‘urta» aktsiyadorlik jamiyati
">sug‘urtalovchi u bo‘yicha sug‘urta hodisasi vujudga kelganda kelishilgan to‘lov (sug‘urta mukofoti)ni sug‘urta qilingan shaxsga (naf oluvchiga) sug‘urta summasi doirasida sug‘urta qilingan shaxsning xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini oladigan sug‘urta shartnomasi hisoblanadi.
- Sudьyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish tartibi.
- Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizani taqdim qiladi.
Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasi — sug‘urtalovchining har bir sug‘urta qilingan shaxs oldidagi majburiyatlarining cheklangan hajmidan iborat bo‘lib, sudьyaning ellik oylik ish haqiga teng summa hisoblanadi.
Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovini to‘lash tartibi va shartlari
Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, bu haqda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta to‘lovini to‘lash haqida yozma murojaat qilingandan boshlab o‘n besh ish kunidan kechikmay rad etish asoslari ko‘rsatilgan holda xabar qilingan bo‘lishi kerak.