O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish
Quyidagilar o‘simlik dunyosi ob’ektlari hisoblanadi:
- yovvoyi holda o‘suvchi organizmlar — daraxtlar, butalar va o‘tsimon urug‘laydigan o‘simliklar, qirqquloqsimonlar, yo‘sinsimonlar, suvo‘tlar, lishayniklar va zamburug‘lar o‘zining barcha xilma-xil turlari bilan;
- yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o‘simlik guruhlari yoki ularning har qanday majmui;
- kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlari;
- yovvoyi o‘simliklarning mevalari, urug‘lari va boshqa qismlari yoki ularning o‘sish davridagi mahsullari.
Umumiy foydalanish me’yorlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishuv bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
- O‘simlik dunyosi ob’ektlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqqanlik uchun to‘lovlar MIQDORI.
Ariza hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.