Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi
Quyidagi ob’ektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish majburiy emas:
- mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
- 300 (uch yuz) kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi ob’ektlar;
- 2 (ikki) qavatdan yuqori bo‘lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi er yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
- joriy ta’mirlanadigan binolar, inshootlar, bundan davlat byudjeti va markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlarning smeta qismi mustasno.