Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish

Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qo‘shimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish inspektsiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab 3 kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
- mahkum egallash va shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish;
- jazolarni ijro etish inspektsiyasiga hukm talablari ijro etilganligi to‘g‘risida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yo‘llash;
- mahkum boshqa ishga o‘tkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspektsiyasiga xabar qilish.
Muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ jazolarni ijro etish inspektsiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shug‘ullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qo‘yishga va bu haqda inspektsiyaga xabar yo‘llashga majbur.
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzganligi uchun jazolarni ijro etish inspektsiyasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi.
- Majburiy jamoat ishlarini o‘tashdan bo‘yin tovlagan mahkumga nisbatan jazolarni ijro etish inspektsiyasi Jinoyat kodeksining 451 yoki 821-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma yuboradi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
- "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonun
- Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi Nizom
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i. 2922-son. 28.08.2017-y