“Temir daftar” nima?

«Temir daftar» — ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.
«Temir daftar»ga kirish uchun «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali yoki bevosita «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga borish orqali taqdim etgan murojaati yoxud «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon yurish jarayonida aniqlangan holatlar bo‘yicha kiritiladi.
- Oilaning «Temir daftar»ga kiritish haqidagi murojaati yoki ijtimoiy xodim tomonidan aniqlangan holatlar bo‘yicha ikki ish kunida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan ushbu oilalar (shaxslar)ning belgilangan toifaga to‘g‘ri kelishi keys-menejment usuli orqali o‘rganish natijasida aniqlanadi.
- Shakllantirilgan tavsiyanoma bir ish kuni ichida ko‘rib chiqish uchun «Mahalla ettiligi»ga kiritiladi.