Hududlarni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish

O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhida loyiha echimlari belgilanadi.
Loyiha hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy echimlarni, binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini qurish, rekonstruktsiya qilish hamda mukammal ta’mirlashning, shuningdek obodonlashtirish ishlarining qiymatini belgilaydi.
- Loyiha hujjatlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy bo‘linmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, davlat yong‘in nazorati organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari va boshqa xizmatlar bilan kelishiladi.
- Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash, shuningdek ularga o‘zgartirishlar kiritish buyurtmachining tashabbusiga ko‘ra hamda uning hisobidan amalga oshiriladi.
- Ob’ektlar qurilishi tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi.