Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash

Tovar to‘liq ishlab chiqarilgan yoki ushbu bobda belgilangan talablarga muvofiq etarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa va (yoki), tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib ko‘rsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.
- Tovarlarni turkumlab etkazishda ular ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash.
- Tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligi tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydigan, eksport yoki reeksport qiluvchi mamlakatda belgilangan tartib va shaklga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan, shu jumladan elektron shaklda berilgan hujjatdir.
- Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan bir vaqtda taqdim etiladi. Sertifikat yo‘qolgan taqdirda uni bergan organ tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi.
- Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi.
Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat mavjud bo‘lmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda tovarga nisbatan bojxona bojining 2 baravar oshirilgan stavkasi qo‘llaniladi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasining "Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida"gi Qonuni
- Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 912-son. 18.11.2019-y.