Yaylovlar to‘g‘risida

Yaylovlar - chorva mollari uchun ozuqa bo‘lgan o‘simliklarning tabiiy qoplamiga ega erlardir.
- Yaylovlar umummilliy boylik bo‘lib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
- Yaylovlar cho‘ldagi, yarim cho‘ldagi, tog‘ oldidagi, tog‘dagi va tekislikdagi, suv bilan ta’minlangan hamda suv bilan ta’minlanmagan yaylovlarga ajratiladi.
- Tog‘dagi yaylovlar mavsumiy bo‘lib, ulardan yilning faqat muayyan vaqtida foydalaniladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar er uchastkalarini ijaraga, shu jumladan ikkilamchi ijaraga olish yo‘li bilan yaylovlardan foydalanishi mumkin.
Yaylovlar ijara huquqi asosida elektron onlayn-auktsion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
- Yaylovlardan foydalanganlik uchun haq er solig‘i yoki ijara haqi tarzida undiriladi.
- Yuridik va jismoniy shaxslar yaylovlarni ifloslantirganlik, ulardan oqilona foydalanmaganlik, ularning tanazzulga uchraganligi va yaylovlar to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlik natijasida etkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.