Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi

Subsidiya — ipoteka kreditlari asosida kvartira sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘.
Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish.
- Ariza beruvchi — ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
- Daromadi yuqori bo‘lmagan fuqaro yoki oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha va Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lgan oilalar.
Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin.
Ariza beruvchini quyidagi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi:
- ariza beruvchining «Labor — migration» dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;
- ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligi;
- ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi»;
Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng uch ish kunida qarz oluvchiga kredit berish masalasini o‘rganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari
2022-yil 1 noyabrdan boshlab, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat berildi.
Subsidiya bo‘yicha top - 8 muhim savolga javoblar
Норматив ҳужжатлар
- "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.12.2021-yildagi PF-33-son Farmoni
- Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom
- Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.05.2020-yildagi PQ-4701-son
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.06.2022-yildagi 331-son
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.10.2022-yildagi 601-son