Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha kafolatlar

I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
- Ishlayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning yoshi va sog‘lig‘i holatini hisobga olib, 30 kalendarь kun yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi.
- Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun 6 ishlangandan keyin beriladi.
- Yillik asosiy ta’til I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning xohishi bo‘yicha 6 oy o‘tmasdan oldin beriladi.
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan nogironligi bo‘lgan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart.