O‘zbekiston Respublikasi pasporti va ID-karta

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi - O‘zbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, ID-karta egasining shaxsiy biografik va biometrik ma’lumotlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat.
ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi:
- yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha — ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);
- bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);
- 16 yoshdan — 10 yil muddatga.
Fuqaro ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:
- belgilangan shakldagi ariza-anketa;
- ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;
- tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);
- vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
- davlat boji to‘langanligi haqida kvitantsiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitantsiya majburiy emas).
ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida beriladi.
- Agar fuqaro qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.
- ID-karta rasmiylashtirish va berish jarayonida unda texnik nuqsonlar aniqlansa, basharti ular ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ID-karta bepul almashtiriladi.
16 yoshga to‘lmagan shaxslarning ID-kartalari ularga ID-karta berish bo‘yicha murojaat qilgan ota-onalari yoki vasiylariga (homiylariga) beriladi.
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida identifikatsiya ID-kartasini olish uchun murojaat qilish.
- Identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti 2030-yil 31 dekabrgacha haqiqiydir.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” qonuni
- O‘zbekiston Respublikasining "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonuni
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida Pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2020-yildagi PF-6065-son "O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori