Mehnat intizomi

- Mehnat intizomi tashkilotda ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Ayrim tashkilotlar (masalan temir yo‘l xodimlari) uchun mehnat tartibi qoidalari uchun ustavlar amal qiladi.
- Ichki mehnat tartibi qoidalarida mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi, mehnat intizomi va javobgarlik, ish va dam olish vaqti, mehnat shartnomasini bajarish bilan bog‘liq nizolarni hal etish tartibi bo‘lishi lozim.
Ichki mehnat tartibi qoidalari ko‘rinarli joyga osib qo‘yilishi lozim.