Qarindoshlarning birgalikda ishlashiga cheklov

O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-uka, opa-singil, farzandlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi va bolalari) bir davlat korxonasida birga xizmat qilishi taqiqlanadi, agarda ulardan biri ikkinchisiga:
- bevosita bo‘ysunib xizmat qilsa;
- nazorat ostida xizmat qilsa.
Yaqin qarindoshlarning birga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan xodimlar ro‘yxati bilan havolada tanishing.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Davlat (aktsionerlik) korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 79-moddasida nazarda tutilgan qarindosh-urug‘larning, agar ularning xizmatlari ulardan birining boshqasiga bevosita bo‘ysunishi yoki nazorati ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo‘lgan xodimlari Ro‘yxati