O‘zbekiston Respublikasida notariat (notariuslar)

- O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. Notariuslarning reestrini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi.
- Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni O‘zbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi.
- Notarial idoralarda notarial ish yuritish qoidalariga muvofiq olib boradi.
Notarial harakatlarning maxfiyligi
Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar to‘g‘risida o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Elektron notarius
Portal imkoniyatlari:
- Qabulga yozilish - O‘zingizga qulay vaqtda va siz istagan notarius qabuliga yoziling;
- Notariusni qidirish - Xaritada eng yaqin notarius yoki notarial idorani toping;
- Elektron murojaat - Oldi-sotdi, ayirboshlash yoki xadya etish uchun elektron ariza bering;
- Xizmatlar bo‘yicha ma’lumot - O‘zingiz qiziqayotgan xizmat bo‘yicha ma’lumot oling;
- Notariuslar reytingi - Notarius haqida o‘z fikringizni qoldiring va xizmat sifatini baholang;
- Ochiq ma’lumotlar - Notarial idoralar, notariuslar hamda notarial hizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining "Notarial idoralarda notarial ish yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi buyrug‘i