Sud hokimiyati va uning tizimi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish printsipini joriy etdi.
Sudning vazifalari — O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da’vat etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
|
Sudlar |
Soni |
|
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman(shahar) sudlari |
199 |
|
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari |
75 |
|
Tuman (shaxar) ma’muriy sudlari |
199 |
|
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari |
71 |