Karantin davrida xodimlarni masofaviy ish usuli tartibi

Masofaviy ish - xodimning mehnat majburiyatlarini doimiy ish joyi, hudud yoki ob’ektdan tashqarida bajariladigan ish usuli.
- Masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tish huquqidan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.
- Xodimni masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazishda ish beruvchi tomonidan vaqtinchalik ishga o‘tkazish haqida muddati ko‘rsatilgan buyruq chiqariladi.
- Xodim ish vaqtining davomiyligi va tartibini ishlab chiqarish topshirig‘ining hajmi va mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi.
- Shunigdek, xodim xohishiga ko‘ra va ish beruvchining roziligi bilan xodim vaqtinchalik uyda ishlashi uchun uy mehnati sharoitiga o‘tkazilishi mumkin.
- Xodimni vaqtinchalik uyda ishlashga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.