Oliy ta’lim to‘g‘risida tushuncha

Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
- Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida mumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
- Oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
- Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
- Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida davom etadigan oliy ta’limdir.
Oliy ta’lim muassasalarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.
OLIY TAЪLIM MUASSASALARI:
Respublika bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari jami 166 ta, ulardan
- Universitetlar 32 ta;
- Institutlar 48 ta;
- Akademiyalar 3 ta;
- Filiallar 26 ta;
- Konservatoriya 1 ta;
- Chet el OTM filiallari 30 ta;
- Nodavlat oliy ta’lim muassasalari 26 ta.