Innovatsion faoliyat to‘g‘risida

Innovatsiya — fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma.
- Innovatsiyalarning turlari
- Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi sub’ektlar uchun zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, innovatsion loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar takliflari asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Innovatsion loyihalarni innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi doirasida amalga oshirishning eng ko‘p muddati 2 yildan oshishi mumkin emas.
- Innovatsion faoliyat sub’ektlarining huquqlari
- Innovatsion loyihalarning texnik va ilmiy ekspertizalari innovatsion loyihalarning amaliy ahamiyatini, ilmiy-texnologik darajasini hamda iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash, ularni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi va hajmi to‘g‘risida tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.