Turar-joylarni buzishning tartibi

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga faqat er uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Er uchastkalarini olib qo‘yishda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga etkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi.
2019-yil 5-avgustdan boshlab er uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzish ishlari tegishli bosqichlarda amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari er uchastkalarining olib qo‘yilishida qonun hujjatlariga to‘liq rioya etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.