Taraflarning huquq va majburiyatlari

- Iste’molchi issiqlik energiyasi to‘liq uzib qo‘yilishi va tanaffuslar to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantiriladi.
- Dalolatnomaning 1 nusxasi ulanish egasiga (iste’molchiga) topshiriladi.
- Dalolatnoma iste’molchi javobgarligini aniqlash va etkazilgan zararni qoplash uchun asos hisoblanadi.
- Rejali ta’mirlash bajarilganda yoki yangi iste’molchi tarmoqqa ulanganda etkazib beruvchi issiqlik ta’minotini uzib qo‘yish huquqiga ega.
- Rejali ta’mirlash ishlari bajarilayotganda, issiqlik ta’minoti bir yilda 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzib qo‘yilishi mumkin.
- Etkazib beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga etkazilgan zarar uchun to‘liq hajmda javob beradi.