Biznesni boshlash uchun amalga oshirish zarur bo‘lgan harakatlar

Tadbirkorlik – o‘z mulki bilan tavakkalchilik asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tish kerak.
- Tadbirkorlik bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki tashkil etmasdan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish usullari:
- mustaqil ravishda Tizim orqali;
- Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda.
Ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.10.2016-yildagi PQ–2646 sonli qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2017-yildagi 66-sonli qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.11.2011-yildagi 306-sonli qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2011-yildagi 122-sonli qarori.
- «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi qonun