Maktabda mobil telefondan foydalanish tartibi

Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni «ovozsiz» rejimga o‘tkazishi) shart.
Maktbalarda o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin o‘quvchilar:
- telefonini o‘chirib qo‘yishi;
- telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shart.
O‘qituvchilar va boshqa xodimlar:
- o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;
- darsdan tashqari vaqtda ta’lim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart.