Biometrik pasport yo‘qotib qo‘yilganda nima qilish kerak?
Pasportini yo‘qotib qo‘ygan fuqaro zudlik bilan o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga xabar berishi lozim, unga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda yangi ID-karta rasmiylashtirib beriladi.
Vaqtincha xorijda bo‘lgan fuqarolar pasportini yo‘qotgan, pasporti yaroqsiz holga kelgan yoki uning amal qilish muddati tugagan hollarda O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat etadilar.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” qonuni
- O‘zbekiston Respublikasining "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida Pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2020-yildagi PF-6065-son "O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni