Eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish

- Avtomototransport vositalarini oxirgi o‘n ikki oy davomida boshqargan shaxslarning milliy haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtiriladi.
Avtomototransport vositasini oxirgi o‘n ikki oy davomida boshqarmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi.
- Ariza hamda tegishli hujjatlar qabul qilinib olingandan so‘ng navbat bilan rasmga tushib, planshet orqali hujjatga imzo qo‘yib, yangi guvohnoma chop etilishi kutib turiladi (ushbu jarayonga 5 daqiqa vaqt sarflanadi).
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2024 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
2015-yildan keyin berilganlari — 2024 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Eski shakldagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi.
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish Qo‘llanma