Uy-joylarni ipoteka asosida sotib olishi tartibi

Mazkur toifadagi ko‘p qavatli uy-joylarni olish uchun shahar hokimliklari huzurida tashkil qilingan hududiy komissiyalarga murojaat qilish zarur.
2020-yil 1-martdan boshlab subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Ipoteka krediti 20 yil muddatga, shuningdek tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun 25 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.