To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida

To‘lov — pul majburiyatini naqd pul mablag‘lari bilan bajarish yoxud pul mablag‘larini to‘lov vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish.
To‘lov tizimi to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir.
- To‘lov tizimi operatori bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi va to‘lov tizimida ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma tuzgan banklar to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi.
Elektron to‘lov vositasi o‘ziga taqdim etilgan to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi elektron to‘lov vositasidan uni berish va undan foydalanish shartlariga muvofiq foydalanishi, shuningdek to‘lov xizmatlarini etkazib beruvchini yoki u tomonidan ko‘rsatilgan shaxsni to‘lov vositasi yo‘qolganligi, o‘g‘irlanganligi, o‘zlashtirilganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida darhol xabardor etishi shart.
- Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Норматив ҳужжатлар
Бошқа тегишли мақолалар