Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilgan.
- Fondga homiylik qilingan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
- Fond soliqlarning barcha turlaridan ozod etiladi (ijtimoiy soliq bundan mustasno).
2024-yil 1 yanvarga qadar davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha Bolalar jamoat fondi tomonidan olib kelinadigan dori vositalari, tibbiyot uskunalari va protezlash vositalari bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi.