Yo‘lovchilarni vokzalda yurish-turish qoidalari

- temir yo‘l vokzali — yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, poezdlar harakatini boshqarish va xizmat xodimlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan temir yo‘l stantsiyasidagi bino yoki binolar kompleksi, inshootlar va qurilmalar;
- yo‘lovchilar platformasi (perroni) — stantsiyalarda yoki to‘xtash shoxobchalarida yo‘lovchilarning vagonlarga qulay va xavfsiz o‘tishi, ularning vagonlarga chiqishi va tushishi uchun qulaylashtirilgan maydoncha.
- Yo‘lovchilar temiryo‘l vokzali (stantsiyasi) hududiga ko‘zdan kechirilgandan so‘ng kiritiladi.
- Yo‘lovchilar temiryo‘l vokzali (stantsiyasi) hududida qo‘l yuki va bagajni tashish uchun aravachalardan bepul foydalanishadi.
- Temiryo‘ldan o‘tishi faqat buning uchun belgilangan va jihozlangan joylarda (piyodalar o‘tish yo‘llari, piyodalar ko‘prigi yoki er osti yo‘llari) amalga oshiriladi.
- Nogironlik aravachasidagi shaxslar temiryo‘ldan faqat piyodalar o‘tish yo‘llari orqali va albatta kuzatuvchi bilan o‘tishilari lozim.