Bagaj tashish
Bagaj - tashuvchi bilan shartnomaga muvofiq havo kemasida tashiladigan yo‘lovchilarning va ekipajning shaxsiy ashyolari.
Bagaj belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng, tashishga qabul qilinadi.
Bagaj sifatida tashiladigan buyumlar, bagajni but saqlashni ta’minlaydigan maxsus o‘ramga o‘ralib, tashish uchun qulay bo‘lgan ushlagichga ega bo‘lishi kerak.
Yo‘lovchilarning buyumlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj yoki qo‘l yuki sifatida tashiladi. Tashuvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj uchun yo‘lovchiga raqam yozilgan bagaj birkasini identifikatsiya (tanib olish) qilish uchun beriladi.
Barcha bagaj vazni bo‘yicha o‘lchovdan o‘tkazilishi shart.
Havo kemasining xizmat ko‘rsatish toifasidan kelib chiqib, tashuvchi tomonidan belgilangan og‘irligi, miqdori, hajmiga qo‘yilgan me’yor doirasida, yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajlarini bepul tashishga haqli.
Bagajni tashish me’yori bagaj vazni orqali kilogrammlarda, bagaj egallaydigan maydonga qarab belgilanadi.