"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining maqsadi ijtimoiy ximoyaga muxtoj aholi qatlamiga mahalla darajasida kompleks ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
2024-yil 1 yanvardan boshlab ijtimoiy to‘lovlarni qabul qilish, tayinlash va to‘lash bo‘yicha barcha masalalar prezident huzuridagi "Inson" Milliy ijtimoiy himoya agentligining ijtimoiy xizmatlar markazlarida hal etiladi.
“Inson” markazlari qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar va oilalarga har tomonlama yordam ko‘rsatadi va odamlarning og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olishga ko‘maklashadi.
- Markaz xodimlari ijtimoiy himoyani tashkil etishlari va mahalla darajasida aholining muammolarini hal qilishlari, ijtimoiy himoyaning maqsadli va samaradorligini oshirishlari hamda yordamga muhtoj aholining ijtimoiylashuviga yordam berishlari shart.
- Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslar bilan ishlash hamda tazyiqqa uchragan xotin-qizlar, keksalar va voyaga etmaganlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatadi.