Foydali model uchun patent olish

Foydali modellar
Foydali modelь sifatida ko‘rsatilgan ob’ekt, basharti u yangi bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinadi va huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Davlat boji:
- Talabnoma berganlik uchun, patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish bitta ixtiroga - BHMning 1 baravari
Rasmiy ekspertiza:
- Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 oy o‘tgandan keyin Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.
- Foydali modelь ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish:
- Patent berish ob’ekt ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran 10 kun o‘tganidan keyin Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonun
- «Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish» Qoidalari (ro‘yxat raqami 1678, 05.05.2007-y.)
- Foydali modelga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari (29.04.2004-y. ro‘yxat № 1343)