Rasmiy hujjatlarga apostilь qo‘yish

Apostilь — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, Konventsiyaga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp.
- apostilь qo‘yish — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan rasmiy tartib-taomil.
- vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konventsiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabrь) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq apostilь qo‘yish vakolati berilgan davlat organi;
- «yulduzcha» — rasmiy hujjat varaqlari mahkamlanadigan joyga yopishtiriladigan va apostilni qo‘ygan vakolatli davlat organining gerbli muhri bosiladigan qalin qog‘oz;
- «E-App» dasturi — rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda rasmiy hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, Konventsiyaga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp generatsiya qiladigan dastur;
- «E-register» dasturi — vakolatli davlat organi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida «E-App» dasturi orqali qo‘yiladigan maxsus shtampni generatsiya qilish va ushbu shtampga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarini o‘zida jamlovchi elektron reestr dasturi.
So‘rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
- Apostilь:
- chet elda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
- tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qo‘yilmaydi.
Rasmiy hujjatlarga an’anaviy tarzda apostilь qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish sxemasi