Vasiyatnoma

Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi:
Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi.
Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan ho‘jjatlar ro‘yxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi ko‘rsatilgan
Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
1. O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
- Harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
- Chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
- Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
2. Merosxo‘r to‘grisida ma’lumotlar (jismoniy shaxs: Familiya, Ism, Otasini ismi va tug‘ilgan sanasi; yuridik shaxslar: identifikatsion ma’lumotlari, yuridik shaxsning nomi va shakli, ro‘yxatdan o‘tgan davlati).
- Notarial harakatni ishtirokchilari:
- Bir taraf: Vasiyat qiluvchi
- Xizmatni olish muddati: 20 daqiqagacha
- Xizmatni olishning yakuniy natijasi: Vasiyatnoma
Vasiyatnomani bekor qilish va o‘zgartirish.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat Boji To‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son «Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida» Buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29 maydagi 112-mh-son «Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida» Buyrug‘iga ilova.