Avtomototransport vositasini tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi

Avtomototransport vositasini tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi
Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi:
Tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi tarafga (ssuda oluvchiga) avtotransport vositasini vaqtincha tekin foydalanish uchun berish majburiyatini oladi yoki beradi, ikkinchi taraf esa bu avtotransport vositasini qanday olgan bo‘lsa, normal eyilishni hisobga olib xuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarib berish majburiyatini oladi.
Notarial harakatni ishtirokchilari:
- Ssuda beruvchi tarafdan:
- Mulkdor/yoki/Mulkdor va uning qonuniy vakili/yoki/Ishochnoma orqali Mulkdorning nomidan harakat qiluvchi vakili.
- Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga etmagan shaxslar bitim ishtiroqchilari bo‘lsa Vasiylik va homiylik organlarining xodimi. (zarur hollarda)
- Ssuda oluvchi tomonidan:
- Sudda oluvchi shaxs/yoki/ Sudda oluvchi shaxs va uning qonuniy vakili/yoki/Ishochnoma orqali Sudda oluvchi shaxsning nomidan harakat qiluvchi vakili.
- Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan shaxslar bitim ishtiroqchilari bo‘lsa Vasiylik va homiylik organlarining xodimi. (zarur hollarda)
Izoh: Zarur bo‘lsa, shartnomada tarjimon ishtirok etishi mumkin.
Xizmatni olish muddati: 60 daqiqagacha
Xizmatni olishning yakuniy natijasi: Avto- moto- transport vositasini tekin foydalanish shartnomasi
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat Boji To‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida» Qonuni.
- 2006-yil 7-martdagi 38-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Qarori.
- 2017-yil 31-avgustdagi 683-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» Qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son «Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida» Buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29 maydagi 112-mh-son «Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida» Buyrug‘iga ilova.