Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (echish va ulash bilan birga)

Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (echish va ulash bilan birga)
- Bu qanday ishlaydi?
- Talabgor YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda, arizani to‘ldiradi va yig‘imni to‘laydi.
- Suv ta’minoti korxonasi 5 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini echib olishi kerak.
- «O‘zstandart» agentligi 3 ish kun mobaynida hisobga olish uskunasini suv ta’minoti korxonasidan qabul qilib, qiyoslashdan o‘tkazadi.
- Suv ta’minoti korxonasi 2 ish kun mobaynida sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan so‘ng hisobga olish uskunasini metrologiya xizmatidan olib ketishi kerak.
- Suv ta’minoti korxonasi 3 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga borib, hisobga olish uskunasini o‘rnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamg‘alashi, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirishi kerak.
- Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
- Bog‘lanish: Call-markaz - 1255
- Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar
- Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi
- Xizmatni ko‘rsatish muddati: 14 ish kuni mobaynida
- Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 698-son qarori
- Xizmat narxi:
- Jismoniy shaxslar uchun. BHMning 20%
- Yuridik shaxslar uchun. BHMning 1,5 baravari.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 12 dekabrdagi PF-5278-son Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 256-son qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 698-son qarori