Sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatishga ariza yuborish

Sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatishga ariza yuborish
- Bu qanday ishlaydi?
- Talabgor YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda, arizani to‘ldirib vakolatli organga yuboradi.
- Suv ta’minoti korxonasi 5 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini echib olishi va/yoki o‘rnatib berishi va tamg‘alashi kerak. Hamda dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirishi kerak.
- Tashkilot
- O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
- Toshkent shahar “Suvsoz” davlat unitar korxonasi
- Bog‘lanish: Call-markaz - 1255
- Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar
- Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi
- Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni mobaynida
- Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 698-son qarori
- Xizmat narxi: Bepul.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 12 dekabrdagi PF-5278-son Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 256-son qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 698-son qarori