Ijro xatlari yozish

Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius manfaatdor shaxsning yozma arizasiga asosan qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi.
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov undiriladi.
- Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Sudga murojaat qilish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat Boji To‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida" qarori
- Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma