Uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga o‘tkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya) shartnomasi

Bir shaxs boshqa shaxsdan ko‘chmas mulkni naqd yoki to‘lovni kechiktirishi shartni bilan sotib oladi
Muhim!
Kommunal xizmatlar uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha va byudjet oldida qarzi mavjud emasligi, xamda doimiy propiskada bo‘lgan shaxslar haqidagi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar notarius tomonidan kurьerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan «Notarius» AATdan orqali avtomatik tarzda olinadi.
- Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlarni tasdiqlash ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladi.
- Ko‘rsatiladigan xizmat uchun yig‘im undiriladi. Hisoblashni elektron kalkulyator orqali amalga oshirish mumkin.
- Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Elektron notarius portalidan foydalaning.
- Sudga murojaat qilish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining Er Kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining Uy-Joy Kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat Boji To‘g‘risida» Qonuni.
- «O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28 dekarbdagi 1049-son qarori.
- «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori.
- «Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060 -son qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son «Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida» Buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29 maydagi 112-mh-son «Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida» Buyrug‘iga ilova.