Kafillik shartnomalarini tasdiqlash

Kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi.
Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta’minlash uchun ham tuzilishi mumkin.
Notarial harakatni ishtirokchilari
- Kreditor tarafdan: Ishonchnoma orqali Kreditorning nomidan harakat qiluvchi vakili.
- Kafil tarafdan: Kafil /yoki/ Ishonchnoma orqali Kafilning nomidan harakat qiluvchi vakili.
- Qarzdor tarafdan: Qarzdor /yoki/ Ishonchnoma orqali Qarzdorning nomidan harakat qiluvchi vakili.
Xizmat uchun to‘lov miqdorlari bilan havolada tanishing.
- Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Elektron notarius portalidan foydalaning.
- Sudga murojaat qilish tartibi bilan havolada tanishing.
Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Garov to‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Ipoteka to‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat Boji To‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son «Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida» Buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29 maydagi 112-mh-son «Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida» Buyrug‘iga ilova.