Avtotransport vositasini boshqarish va/yoki tasarruf etish uchun ishonchnoma

Avtomototransport vositalarini boshqarish va (yoki) tasarruf etish ishonchnomalari notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.
- Ko‘rsatiladigan xizmat uchun yig‘im undiriladi. Hisoblashni elektron kalkulyator orqali amalga oshirish mumkin.
Transport vositasini yaqin qarindoshlar (er (xotin), ota-ona, bolalar, aka-ukalar va opa-singillar) o‘rtasida majburiy tartibda notarial ishonchnomalarni rasmiylashtirmasdan boshqarishiga ruxsat berildi.
- Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
- Qarindoshlik darajasi transport vositasi egasining talabiga binoan ko‘rsatilishi mumkin.
- Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Elektron notarius portalidan foydalaning.
Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi.
- O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat Boji To‘g‘risida» Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. PF-5816-son. 09.09.2019-y.
- 2006-yil 7-martdagi 38-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Qarori.
- 2017-yil 31-avgustdagi 683-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» Qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son «Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida» Buyrug‘i.