Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida

Qonunning maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
- ular tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning o‘z vaqtida berilishi va ishonchliligi;
- ular faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etishda fuqarolarning o‘z sha’ni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo‘lgan huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z ishchanlik obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga rioya etish.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchidir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari quyidagilardan iborat.