Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi

Ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
- Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga belgilangan tartibda muassis tomonidan beriladi.
- Muassisning ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
- Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik hamda qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi olinadi.