Sug‘urta faoliyati

Sug‘urta — muayyan voqea (hodisa) yuz berganda etkazilgan zararning o‘rnini qoplash, tovonlar va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar.
- Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb e’tirof etiladi.
Sug‘urtalovchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sug‘urta agenti hisoblanadi.
Sug‘urtalovchining boshqaruv organlari rahbarlari sug‘urta agenti bo‘la olmaydilar.
- Sug‘urta agentining huquq va majburiyatlari