Xotin-qizlar uchun imtiyozli ipoteka krediti
Mazkur kredit turi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzand(lar)ini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga beriladi.
- Davlat dasturi doirasida shaharlardan arzon kvartiralar va qishloq joylaridan bir qavatli uylar ipoteka krediti asosida beriladi.
- Yashash sharoitlariga yaxshilashga muhtoj ayollar uchun kvartiralarni belgilash tuman (shahar) hokimiyatlarida tashkil etilgan hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Talabgor Davlat dasturida ishtirok etayotgan bank filialiga kredit ajratish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati 15 bank kuni hisoblanadi.
- Sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilgan taqdirda, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar va tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori
- Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12 apreldagi 285-son qarori
- Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. PF-5886-son. 28.11.2019-y.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. PQ-4701-son. 01.05.2020-y.