Lombardlar faoliyati

Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulklarni (ashyolarni) lombardda garovga qo‘yish, saqlash, lombarddan talab qilib olinmagan ashyolarni sotish hamda undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Garov to‘g‘risida»gi Qonuni va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Lombard shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud milliy haydovchilik guvohnomasi, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi) taqdim etilganida, jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi.
- Lombard, zarur hollarda, garovga yoki vaqtinchalik saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka (ashyoga) egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilishga haqli.
- Lombardlar tomonidan mikroqarzlarni rasmiylashtirish va berish tartibi
- Garov asosida mikroqarzning berilishi lombard bilan jismoniy shaxs o‘rtasida tuziladigan mikroqarz shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Lombardda mol-mulklarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi garov pattasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Mikroqarz olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mol-mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi.
Garovga qo‘yilgan ashyolarni sotishdan tushgan summa, agar shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mikroqarz, u bo‘yicha hisoblangan foizlar, neustoyka, ijro muddati o‘tganligi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplash, shuningdek, saqlash va sug‘urta uchun to‘lov, garovga olingan mol-mulkni sotish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qaratiladi. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.